1. Qattiq tortilgan, solqa yoki burushiq joyi qoldirilmasdan kerilgan.
Nafisa ko‘rdiki, ip juda tarang tortildi, endi shirt etib uzilib ketishi mumkin.
Shuhrat, Jannat qidirganlar
2. To‘lishib silliq tortgan, tekis.
Tarang siynalar qora koftaga sig‘may, qo‘sh cho‘qqiga aylangan.
S. Siyoyev, Otliq ayol
3. Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, narsa, holat kabilarning yuqori darajasini, so‘nggi chegarasini bildiradi.
Uning butun vujudi hayajon bilan tarang tortilgan edi.
P. Qodirov, Uch ildiz