Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tara} - k ( Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi ) - la ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ta-rak-la-moq
Izoh(lar)i:
tara fl

1. 1. Taroq yoki boshqa biror narsa bilan soch, soqol va shu kabilarning chigilini yozmoq, tekislamoq. Shundan keyin sochlarini bir tomonga silliq taragan tilla tishli yigit qo‘l ko‘tardi. N. Aminov, Suvarak
Otam o‘ylanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi. Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
Qorong‘ida sokin turgan otning bo‘ynidan quchoqladi, barmoqlari bilan yolini taradi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. q. x. x. Ariq-jo‘yaklarga suvni bir me’yor-da taqsimlab oqizmoq, taratmoq. Jo‘yak olingan joylarda tajribakor suvchilar chanqagan g‘o‘zalarga suv tarardilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Shermat ota ikki gektarlik kartaga suv tarab bo‘ldi-da, egatlarni ko‘zdan kechirib, o‘qariq bo‘yiga chiqdi. H. Nu’mon, Fasllar

3. ko‘chma poet. et. Yoymoq, sochmoq. Qorli tog‘lar orqasidan Atlas sochin tarab quyosh, Goh mo‘ralab, o‘ynatar qosh, Xanda sochar dudog‘idan. G‘ayratiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.