Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarafkash}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-raf-kash
Izoh(lar)i:
tarafkash [ta-raf-kash ]

1. Biror tomonning tarafini oluvchi; tarafdor. Bedana egalari va ularga pul tikkan tarafkashlarning ko‘zlari ola-kula, yuraklari taka-puka bo‘lib, nafaslari ichiga tushib ketdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

2. Qarshi chiquvchi, kurashuvchi, bellashuvchi; talabgor. — Burgutning yigitlari hali kurashda yelkasi yer ko‘rmagan polvonlar. Hozir bu polvonlarga Farg‘ona tomonda tarafkash yo‘q, — dedi yigit. S. Ahmad, Cho‘l burguti

3. Taraf-bataraf bo‘lib kurashuvchi; guruhboz. Mening qishlog‘imda tarafkashlar ko‘p. Bir-birini kovlaydi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.