1. Bir-biriga qarshi bo‘lgan tomonlardan biriga yon bosuvchi, uni qo‘llab-quvvatlovchi, himoya qiluvchi shaxs.
Musulmonqulga tarafdorlaringiz bo‘lsa, tinchlikcha qo‘shindan chiqib ketsin!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Biror g‘oya yoki harakatni himoya qiluvchi, shu g‘oya, harakat uchun kurashuvchi shaxs, tashkilot va shu kabilar
Betob bo‘lib O‘shga kelolmagan Xo‘ja Abdullo ham Boburning Samarqandga qo‘shin tortib borishiga tarafdor edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar