Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taraf}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-raf
Izoh(lar)i:
taraf [ta-raf ]

1. Tomon O‘rdaning tashqarigi qismining uch tarafi (janub, sharq, g‘arb) binosiz, faqat qo‘rg‘on devorlarining zinalari edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Kurashuvga, bellashuvga, bahslashuvga xohish bildiruvchi shaxs, talabgor. Biror shaharga kelganida, unga [Qulmat qoraga] taraf chiqmay qolsa bormi, bunday shaharning yigitlari yigit hisoblanmasdi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. Dushman, g‘anim. Qashshoqlarga boylar ko‘p taraf bo‘ldi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li

4. Tomonidan, jihatidan. O‘z yonlaridan sarf qilish uchun aqchalari yo‘q, hukumat tarafidan beriladigan ovqatning salmog‘i yo‘q edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tomon
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

2. to‘rt tarafi qibla: qayoqqa xohlasa, ketaversin

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.