Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taqlid}
So‘z bo‘g‘inlari: taq-lid
Izoh(lar)i:
taqlid [taq-lid ]

1. Shaxs yoki narsaning ovozi, xatti-harakati va shu kabilarni iloji boricha aniqlik bilan, o‘ziday qilib aytish, bajarish; o‘xshatma ovoz, harakat qilish. Shodon askiyalar, payrov va taqlid Davrani porlatar misoli chiroq. A. Isroilov

2. Ijod, faoliyatda o‘zgalarga ergashish, o‘zgalar namunasi asosida ish olib borish. Taqlid esa, aksincha, boshqa yozuvchiga ko‘r-ko‘rona ergashish, unda tasvirlangan hayot lavhalarini o‘zlashtirib, mexanik surat-da ko‘chirishga olib keladi G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: taxlit – [a] Ko‘rinish, shakl, qiyofa; usul, yo‘sin, tarz.

Taqlid – mustaqil so‘z turkumi sirasida 6-o‘rinni egallaydigan, o‘zgarmas so‘z turkumi.

Ma’noviy xususiyati. Kishi, jonli va jonsiz predmet, hodisa chiqaradigan tovush va uning turli holatiga taqlidni ifodalovchi so‘z taqlid so‘z deyiladi. Taqlid so‘z qanday so‘rog‘iga, otlashsa, nima so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Morfologik belgisi. O‘zgarmas so‘z. Egalik va kelishik shaklini oladi: taqir-tuquri, g‘ovur-g‘uvurni; yasalish xususiyatiga ega emas, ammo boshqa turkum yasalishiga xizmat qiladi: jizza(ot), sharros (sifat), yaltira (fe’l), tappa, chippa (ravish);

Sintaktik belgisi. Taqlid so‘zsintaktik vazifasiga ko‘ra sifat va ravishga yaqin turadi va so‘rog‘iga javob bo‘ladi:1)sifatlovchianiqlovchi: Gangirgungir suhbatga quloq solib o‘tirdi. Dahlizdan shivirshivir ovoz eshitildi.2) tarz holi: Olmalar duvduv to‘kildi. Alamidan piqpiq yig‘lar edi. Shamol g‘irg‘ir esmoqda; 3) otkesim: Miyangda aql g‘ijg‘ij. Bu yog‘i gijbadabang ekanda.

Otlashganda:1) ega: Shivirshivir tindi; 2) qaratqichaniqlovchi: Qiychuvning boisi nima ekana?3) to‘ldiruvchi: Etigining g‘archini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib keldi.

           Taqlid so‘zlarning ma’no turlari.Taqlid ma’nosiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

1)  tovushga taqlid: akak, angang, arar, afshu, bakabang, baqirbuqur, bag‘bug‘, biqbiq, bitbildiq, vangvang, vovvov, gangirgungur, gijbang, guv (shiddatli, bo‘g‘iq tovush), guldur, gurs, jazbuz, jizbiz, ingainga, miyovmiyov, patirputur, taparatapar, taraqaturuq, tars, tarsturs, tarstars, tasiratusur, taqirtuqur, taqtaq, taqtuq, tiqtiq, xirxir, xurxur, chakchak, chalpchulp, chilpchilp, cho‘lpcho‘lp, chirschirs, charschurs, shapirshupur, qars, qarsqars, qarsqurs, qartqurt, qasirqusur, qaqaq, qiychuv, qisir, g‘arch, g‘archg‘urch, g‘at, g‘atg‘at, g‘iz, hingirhingir, ho‘ngirho‘ngir;

2)  holat (obrazga) taqlid: atakchechak, alangjalang, bijbij, bijirbijir, vijvij, vijirvijir, gargar, girgir (aylanmoq), guvguv, gup, dik, dikdik, dikirdikir, duvduv, jimirjimir, jilpangjilpang, zirqzirq, yiltyilt, lapanglapang, limlim, limmolim, lovlov, lop, lo‘qlo‘q, miltmilt, mo‘ltmo‘lt, pildirpildir, shartshurt, yumyum (yig‘lamoq), simsim (og‘rimoq), yalt, yaltyalt, yaltyult, yaraq, yarq, g‘ijg‘ij (aql), g‘img‘ij, g‘irg‘ir (esmoq), hangmang, hilhil (pishmoq).

            Taqlid so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.Taqlidlar tuzilishiga ko‘ra sodda, juft va takroriy bo‘ladi:

1)  sodda: shig‘, duv, dik, lop, yalt, shuv, tiq; tiqir, liking, shig‘ir, jarang;

2)  juft: g‘archg‘urch, taqtuq, tarsturs, vag‘irvug‘ur, sholopshulup; g‘ivirshivir, chirtpirt, g‘ingping; alangjalang, apirshapir; gijbadabang, qiychuv;

3)  takroriy: guvguv, duvduv, zirzir, lipirlipir, miyovmiyov, cho‘lpcho‘lp, qirtqirt; taqataq, tasiratusir, gursogurs, shaqashaq; g‘irrag‘irra, guppaguppa, sharttashartta; bijbij, vijvij, dag‘dag‘, javjav (oxirgi guruhning qismlari yakka qo‘llanmaydi).

Taqlid qo‘shma shaklda bo‘lmaydi. Ular etmoq, demoq, qilmoqyordamchi fe’li bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi: dik etmoq, shir etmoq, mo‘o‘ demoq, tiqir qilmoq, g‘iz etmoq.

          Taqlid so‘z turkumi tahlili.Taqlid so‘z turkumi tahlilitaqlidning turlari va uning xususiyatini aniqlash. Tartibi quyidagicha: 1. Lug‘aviy mazmuniy guruhini aniqlash. 2. Morfologik tarkibi. 3. Sintaktik shakllarga munosabati. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi. 5. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Zerikkanimdan partadosh qizlarning shivir-shiviriga quloq tutdim.

Ovozga taqlidni bildiradi; shivir-shivir-i-ga; -i I shaxs birlik, -ga jo‘nalish kelishigi; takroriy so‘z, to‘ldiruvchi.

 

1. taqlid qilmoq: 1.o‘xshatma ovoz, harakat va sh.k. ni bajarmoq, qilmoq. 2.faoliyat, ijod va sh.k. da o‘zgalarga ergashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.