Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taqdir}
So‘z bo‘g‘inlari: taq-dir
Izoh(lar)i:
taqdir [taq-dir ]

1. Oldindan belgilab qo‘yilgan, peshonaga bitilgan ko‘rgilik; yozmish, qismat. Nima qilardik, bandasining qo‘lidan nima kelardi, taqdir. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Kelgusi hayot; kelajak, istiqbol. Avval Adolat o‘z taqdiridan boshqa hech narsani o‘ylay olmasdi. Endi bo‘lsa u yolg‘iz o‘z taqdirini emas, o‘ziga o‘xshagan yuzlab xotin-qizlarning taqdirini o‘ylaydi. S. Zunnunova, Gulxan

3. Kelgusi natija, uning nima bo‘lishi, qanday ekani. Hosilning taqdiri ana shu zovurlarni har yili, hech bo‘lmaganda, yil ora tozalab turishga bog‘liq. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. taqdir etmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.

2. taqdir qilmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.

1. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.