1. 1. Juda yaqiniga olib borib, yetkazib, tegizib qo‘ymoq; tiramoq.
Stullarni bir-biriga taqab qo‘ymoq.
▬
[Mahkam:] Goh qo‘lida miltiq, yo‘limni to‘sadi, goh ko‘kragimga minib olib, kekirdagimga pichoq taqaydi
N. Safarov, Uyg‘onish
Nuri o‘z yuzini yigitning yuziga taqadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ko‘chma hma So‘zni, mavzuni biror yerga, masalaga ulamoq, olib kelmoq, ko‘chirmoq.
Shunday qilib, Yefim Danilovich gapni yana qurol-yarog‘ga olib kelib taqadi.
A. Muxtor, Opa-singillar
3. 3. Kim yoki nimadandir deb bilmoq, unga bog‘lamoq.
Hamma narsani dinga, xudoga taqayverma.
N. Aminov, Suvarak
Oblast sahro hisobiga taraqqiy etib, kelgusida ikkiga bo‘linib ketsa, bu obyektiv qonun, Abbosov. Sen buni menga taqama, bundan ig‘vo chiqarishing qiyin.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat