Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taqa}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-qa
Izoh(lar)i:
taqa fl

1. 1. Juda yaqiniga olib borib, yetkazib, tegizib qo‘ymoq; tiramoq. Stullarni bir-biriga taqab qo‘ymoq. [Mahkam:] Goh qo‘lida miltiq, yo‘limni to‘sadi, goh ko‘kragimga minib olib, kekirdagimga pichoq taqaydi N. Safarov, Uyg‘onish
Nuri o‘z yuzini yigitning yuziga taqadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma So‘zni, mavzuni biror yerga, masalaga ulamoq, olib kelmoq, ko‘chirmoq. Shunday qilib, Yefim Danilovich gapni yana qurol-yarog‘ga olib kelib taqadi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. 3. Kim yoki nimadandir deb bilmoq, unga bog‘lamoq. Hamma narsani dinga, xudoga taqayverma. N. Aminov, Suvarak
Oblast sahro hisobiga taraqqiy etib, kelgusida ikkiga bo‘linib ketsa, bu obyektiv qonun, Abbosov. Sen buni menga taqama, bundan ig‘vo chiqarishing qiyin. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. taqa I Fe’l
juda yaqin keltirmoq

2. taqa II Ot
ot-ulovni zararlanishdan, sirg‘alishdan saqlash uchun tuyoq ostiga mixlab mustahkamlanadigan yarim doira shaklidagi metall buyum

Paronimi: taqqa Birdan va qimir etmay; butunlay, tamomila.
Qomus: mavjud emas.

1. devorga taqamoq: shoshirib, gangitib qo‘ymoq; taslim bo‘lishga majbur qilmoq.

2. taqal qilmoq: biror ishni bajarishga darrov kirishmay, o‘ylanib qolmoq, kechiktirmoq; ketga surmoq, galga solmoq; bahona qilmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: taqa
Izoh: Ot-ulov tuyog‘ini zararlanishdan saqlash uchun tuyoq ostiga yarim doira shaklidagi metall butun. Misol: Qishloq tinchligini buzgan bu yakka ot tuyoqlarining taraq-turuqi, taqalarning toshlarga urilishidan chiqqan yalt-yult chaqmoq dam o‘tmay uzoqlashdi.

taqa