1. Tantanaga ega, tantana ruhidagi, tantana bilan bo‘ladigan.
O‘shdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafingizga tantanali ziyofat berilur.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Tantana ifodalovchi.
Go‘yo ulug‘ bir hodisa sodir bo‘lishi kutilayotgandek, yer-u ko‘k tantanali qiyofa oldi.
S. Anorboyev, Oqsoy
3. As’asa-dabdabali, ko‘tarinki ruh bilan.
Nikoh to‘yi favqulodda suronli va tantanali bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar