1. Ish-harakat, faoliyat, asar, ta’limot va shu kabilarning yutuqlarini qayd etish, kamchilik va nuqsonlarini belgilash va bartaraf etish maqsadidagi muhokama, tahlil.
Tahlil aylab ters-u o‘ngingdan, Ikkimizni qiladi behol. Xo‘p do‘pposlab, tanqid so‘ngida Ijodimga tilaydi kamol.
E. Vohidov, Muhabbatnoma
2. Biror narsaning to‘g‘ri, haqqoniy ekanini ilmiy tahlil etish, tadqiq etish.
Tarixiy manbalarning tanqidi. Matn tanqidi.
Mushtum
3. Adabiy faoliyatning badiiy, ilmiy va boshqalar turdagi asarlarni, shuningdek, ularda aks ettirilgan hayotiy hodisalarni talqin va tahlil qiluvchi maxsus turi.
Shaxsan men adabiy tanqid faqat adabiyot uchun emas, umuman, ma’naviy hayot uchun zarur ekanini yana ham chuqurroq his etdim.
U. Normatov, Talant tarbiyasi
4. Kamchilik, nuqson, xatolik va shu kabilarni qayd etish, qoralash, shuningdek, ularni hal etish maqsadida bildiriladigan tanbehli fikr-mulohaza, gap-so‘z.
Faqat bir narsani — shu tanqidga qarshi zo‘r bir dalil topib, yengib chiqishni o‘ylashar edi.
P. Qodirov, Uch ildiz