1. Yer o‘lchash, uzunlik o‘lchash, chiziq tortish va shu kabilarda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip.
2. Umuman, ingichka arqon, chilvir yoki kanop ip, rishta. Shohning amri bilan ming polvon va kal ikki kecha-kunduz yo‘l tortib, Go‘sha tog‘iga yetib, chortig‘lar [chodirlar] tanobini tortib yotaverdi. Zulfizar bilan Avazxon
3. O‘rta Osiyo xonliklarida: tomonlari 60 gazdan iborat bo‘lgan maydonga teng yuza (yer) o‘lchov birligi. Tong otguncha bir tanobcha yerning g‘o‘zasi suv ichdi. I. Raxim, Chin muhabbat
4. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda qo‘llangan uzunlik o‘lchov birligi (17-asrda 39,9 metrga teng bo‘lgan).
1. og‘zining tanobi qochdi: behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaydi