1. 1. Biror belgi-xususiyati, xislati va shu kabilarga ko‘ra ajratmoq, belgilamoq.
Qovun tanlamoq. Ko‘yning semizini tanlamoq.
▬
Polvon uchinchi daf’a keltirilgan toshlar ichidan bir toshni tanlab oldi-da, yaxshilab artishga va bir tomonini yo‘nishga buyurdi.
A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
Unga qiz tanlash, qishloqning eng birinchi qizini topib berish onaning ishi emasmi?
I. Rahim, Ixlos
yosh tolga chiqib olgan yigit boltacha bilan silliq shoxlarni tanlab kesardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Ma’qulini belgilamoq, ma’qul topmoq, O‘zi uchun ma’qul deb bilmoq.
Kasb tanlamoq. Eshakning tanlagani —
sho‘ra. Tan-lagan yo‘lidan qaytmaslik.
Bog‘ning eng tubida, serdaraxt va pastqamlikda kafe bor. Ahmad shu kafeni tanladi.
F. Musajonov, Himmat
3. 3. Umuman, belgilab, ajratib olmoq.
— Qayoqqa bo‘lardi, uyga-da, — qo‘rslik bilan javob berdi chol. — Har kim o‘z molini tanlab olsin, degan buyruq chiqibdi-ku!
S. Ahmad, Hukm