Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taniqli}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-niq-li
Izoh(lar)i:
taniqli [ta-niq-li ]

1. Tanib olish uchun qandaydir belgisi yoki belgilari bo‘lgan; tanish. Tamg‘a kabi taniqli, Har yerda bir iz Uzoqlarda jiladi Uch-to‘rt xotin-qiz H. Olimjon

2. Ko‘pchilikka ma’lum, ko‘pchilik taniydigan; atoqli, mashhur. Ko‘pchilik oldida aytishib o‘tirish ikkingizga ham yarashmaydi, — ikkingiz ham el-yurtda taniqli odamlarsiz. I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: atoqli , dongdor
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.