Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tani} - l ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ta-nil-moq
Izoh(lar)i:
tani fl

1. 1. Tanish bo‘lmoq, bilmoq. Men uni ikki yildan beri taniyman. Bu yerda u hech kimni tanimaydi. Adolatni taniganlar unga hayron bo‘lib, baqrayib qarab qolar, ba’zi birovlar yuzini o‘girar edi. S. Zunnunova, Gulxan
Nurinisoni yaqindan taniganlar u bilan har vaqt juda ehtiyot bo‘lib muomala qilar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. O‘ziga tegishli yoki tanish kimsani, narsani ko‘rinishidan yoki boshqa biror belgisidan bilmoq, ajratmoq. Ovozidan tanimoq. Ko‘zidan tanimoq. Darvozabon bekni tanib, qo‘l qovushtirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Eshelonning keyingi to‘xtashida vagon tirqishidan qarab turgan Isroil Azimov bu stansiyani tanib, Penza dedi. I. Rahim, Chin muhabbat
Loy va tuproqqa qorishgan jangchilarni tanimoq qiyin edi. Oybek, Quyosh qoraymas
Hay, u qizni o‘zing ko‘rsang taniysanmi? S. Siyoyev, Avaz

3. 3. Farqiga boradigan, yaxshi-yomonni ajratadigan bo‘lmoq, ajrata bilmoq. Oting borida yo‘l tani, Aqling borida el tani. Maqol
Sen azaldan odam taniysan. Ko‘nglingga bir narsa kelmasin-u, og‘ayni, Shoabdufattoh Xo‘jayev — o‘g‘il bola yigit. A. Qahhor, Og‘aynilar
Gilam taniydigan odam ikki mingga indamasdan oladi. A. Qahhor, Asarlar
Jo‘ra boshqa otlarga bir zum ko‘z tashlab: — Agar ot tanisang, risoladagi saman— shu, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Haq-huquqi, obro‘yi, mavqeyi va shu kabilar bilan hisoblashib muomala qilmoq, tan olmoq. Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshlig‘imiz Xudoyorxondir! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.