1. Tang holat, tang ekanlik.
Joyning tangligi. Vaqtning tangligi.
Gazetadan
2. Tang, siqiq joy.
Tanglikka sira tobim yo‘q.
Gazetadan
3. Torlik, kichkina ekanlik.
Etigim bir oz tanglik qildi.
Gazetadan
4. Og‘ir, mushkul ahvol; yetishmaslik.
Ro‘zg‘ordan shunday tanglik tortdikki, gapirsam, balki ishonmaysiz.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. Krizis, inqiroz.
O‘tmishda tez-tez sodir bo‘lib turgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangliklar irrigatsiya ishlariga salbiy ta’sir qilgan.
I. Jabborov, Ko‘hna xarobalar siri