Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tanga}
So‘z bo‘g‘inlari: tan-ga
Izoh(lar)i:
tanga

1. Buxoro xonligida 15 tiyinga, Qo‘qon xonligida 20 tiyinga teng bo‘lgan kumush pul. Bir tanga (yigirma tiyin). Yarim tanga (o‘n tiyin). Tuya bir tanga — qani bir tanga, Tuya ming tanga — mana ming tanga. Maqol

2. Umuman, qog‘oz puldan boshqa, oltin, kumush, mis kabilardan zarb etilgan pul. Oltin (tillo) tanga. Kumush tanga. Tanga va qog‘oz pullar. Gazetadan

3. Oltin, kumush va ularning qorishmasidan zarb etilgan pul. chaqa. tosh-kentlik mardikor ishtonining lippasiga qistirilgan bo‘z xaltachani — hamyonni olib, tanga, chaqa aralash bir so‘mni sanab to‘kdi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Qozog‘iston Respublikasining asosiy pul birligi.

5. Baliq terisini qoplab olgan qattiq mayda to‘garakchalar. Baliqning tangasi. Baliq tangasini pichoq bilan tozalamoq. Gazetadan

6. Yiltiroq tangasimon narsa haqida. Choyxonachi Dadamat unda-munda quyosh tangalari yiltiragan toza, tekis sahnga mirishkorlik bilan suv sepdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.