Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tanbeh}
So‘z bo‘g‘inlari: tan-beh
Izoh(lar)i:
tanbeh [tan-beh ]

1. Nojo‘ya xatti-harakat uchun berilgan ta’zir, koyish, ogohlantirish yoki jazo. Keksa bog‘bonning samimiy so‘zlari ham ta’na, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. Kamchilik, xato kabilarni qayd etuv-chi gap-so‘z, fikr-mulohazalar. bu ishdan ham ayrilib qolmay, deb astoydil ishladi, xo‘jayinidan biron tanbeh eshitmadi. Yo. Raimov, M. Rahmon, Hayot-mamot

3. Ish-xizmatdagi tartib-qoidaga binoan beriladigan rasmiy jazo. Ishdan kechikishlari uchun tanbeh olmoq. Tartibga rioya qilmaganligi uchun komandir tanbeh e’lon qildi. Gazetadan

4. O‘yin qonun-qoidasiga zid xatti-harakat uchun hakam tomonidan aytilgan gap, so‘z; ogohlantirish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. tanbeh berdi: yengil-yelpi jazoladi, urishib qo‘ydi

1. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.