Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tamtam}
So‘z bo‘g‘inlari: tam-tam
Izoh(lar)i:
tamtam

1. Qaddi-qomati kelishgan va zebo. U niyatiga yetdi. Qishloqning tamtam qiziga uylanyapti. S. Ahmad, Ufq
oy qizlar, tamtam kelinchaklar Vatan mudofaasiga jo‘nashdi G. Nurullayeva, Yurak yonmog‘i kerak

2. O‘ziga, kiyim-boshiga zeb bergan; bashang, olifta. Nomi Mo‘tti bo‘lsa ham, ko‘p yigitlarni laqillatganidan lo‘tti deb nom olgan bu qiz shahardagi eng tamtamlarning biri ekan. S. Ahmad, Mo‘tti
Juda olifta, tamtam yigit ekan, shimimning taxi buzilmasin debmi, ayvonga ham chiqmay kursida o‘tirib, fotiha o‘qibdi. H. Nazir, Ko‘kterak chiroqlari

3. Katta mis barkash shaklidagi, tayoqcha bilan urib chalinadigan musiqa asbobi; gongning bir turi. Cho‘chima, raqqosa! Tamtam sasidan. H. Sharipov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bejirim , kelishgan
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kelishgan – xushbichim – xushqomat – bejirim – ketvorgan – lobar – tamtam
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiylik belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.