Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tamshan} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tam-shan-moq
Izoh(lar)i:
tamshan

1. Biror narsa yeyayotgan, chaynayotgandek, og‘iz ochmay, lablarini qimirlatmoq; og‘zidagini totib ko‘rayotgandek bo‘lib, lablarini ochmay chaynamoq. Elmurod qo‘l cho‘zib, moshkichiridan jindek og‘ziga soldi-da, bo‘ynini qisib, yerga qaragan ko‘yi, sekin tamshandi. P. Tursun, O‘qituvchi
Og‘zidagi turshakni u lunjidan bu lunjiga o‘tkazib, tamshanib, chaynab o‘tirardi. Mirmuhsin, Dorbozlar

2. Totigisi kelib, lab-lunjini qimirlatmoq. Umida quruqshab borayotgan og‘zini ochib tamshanar edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Shayxning barzangi xizmatkori mo‘l-ko‘l taomni ko‘rib tamshandi. S. Siyoyev, Avaz
Normamat xo‘rozqandga to‘ymagan boladay tamshanib qoldi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.