Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {talqin}
So‘z bo‘g‘inlari: tal-qin
Izoh(lar)i:
talqin

1. Diniy va’z, ta’lim. [Shum bola:] Biz avval xonaqohga kirib bordik. Qalandarboshi eshikdan talqin boshlab kirdi. G‘. G‘ulom, Shum bola

2. Mazmun, mohiyatini tushuntirish; sharh. Dilovarim, dalalarim, ehromlarim oltindan, So‘z topolmam, baland turar ta’riflardan, talqindan. E. Oxunova, Ikki okean osha

3. Obraz yoki musiqiy asarning o‘ynov-chi, ijro etuvchi tomonidan yoritilishi, ijrosi. Majdiddin obrazi Obid Jalilov talqinida shu qadar salmoqli chiqqanki, usiz spektaklni tasavvur qilish qiyin. F. Jo‘rayev, Obid Jalilov

4. Shashmaqomda asosiy kuyning mustaqil qismi. Sozanda bir juft nag‘ma chalib, talqinga o‘tdi. Hofiz yigit ovozi shirali, yuraklarni sel qilib, tinglovchilarni yerga qaratib qo‘yardi. S. Siyoyev, Avaz

5. Qo‘shiq, ashula. Erta sahar tushar tongning salqini, Paxtazorda xotin-qizlar talqini. Qo‘shiqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.