Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {talmov} - sira - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tal-mov-si-ra-moq
Izoh(lar)i:
talmovsiramoq [tal-mov-si-ra-moq ]

1. Dovdiramoq, o‘zini yo‘qotib qo‘ymoq. Sabogul bu savollarning birontasiga javob topolmas, talmovsirar, najot yo‘lini izlab, ko‘z yoshiga zo‘r berardi. S. Karomatov, Oltin qum

2. Ataylab o‘zini shunday holatga solmoq, shunday holatda tutmoq. O‘rtalaridagi sirdan dasturxonchining xabardorligidan hayron bo‘ldi, o‘zini bilmaslikka olib talmovsiradi. R. Fayziy, Hazrati inson

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gangimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.