Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tala} - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) {talashuv}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-lash-moq ta-la-shuv
Izoh(lar)i:
tala

1. Zo‘rlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qo‘ymoq. Qo‘qonni talab, bizning ustimizga qo‘shin tortib kelayotgan Sulton Ahmad mirzo esa bizning podshomiz bilan bir otadan bo‘lgan og‘a-inilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. Talashib-tortishib xarid qilmoq.

3. Ko‘p bo‘lib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq. Arilar talamoq. Bolalar baravariga Rahimni talay boshlashdi. H. Nazir, Yonar daryo

4. Kishi yoki narsaga davomli (takror-takror) hujum qilmoq, shu tarzda yulib-yulqimoq. Huv anavi yalanglikka qaranglar! Unda odamzod suyagi yotibdi. Bechorani qashqir talagan bo‘lsa kerak. Mirmuhsin, Me’mor

5. Qattiq urishib bermoq, yulib-yulqib yopishmoq. Kichkina bir qizchadan dakki yegan ayol Ergashoyni talab berdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova

6. Tatalamoq, tirnamoq, g‘ash qilmoq. [Alisherning] Ko‘nglini shubha, g‘azab, pushaymon hislari talar edi. M. Osim, Zulmat ichra nur

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.