1. 1. Talamoq fe’lining birgalik nisbati.
2. O‘ziniki qilish uchun tirishib yopishmoq, aytishmoq, olishmoq. Joy talashmoq. ▬ Talashib, tortishib, ko‘proq olgan bir ayol o‘z nasibasidan Buvinisoning kosasiga ozgina solib berdi. M. Mansurov, Yombi
3. Da’volashib urush-janjal qilmoq, nizolashmoq, urishmoq. Taxt talashmoq ▬ Nega podsholar urishadi? — Yer-suv talashib urishadi! Gazetadan
4. Bahslashmoq, tortishmoq. Devorga orqasini berib, yonma-yon turgan o‘rta yoshdagi ikki ayol nima haqidadir talashmoqda edilar. A. Qodiriy, Uloqsa
1. bir qorindan talashib tushmoq: bir onadan tug‘ilgan