1. Zo‘rlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qo‘ymoq.
Qo‘qonni talab, bizning ustimizga qo‘shin tortib kelayotgan Sulton Ahmad mirzo esa bizning podshomiz bilan bir otadan bo‘lgan og‘a-inilar.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Talashib-tortishib xarid qilmoq.
3. Ko‘p bo‘lib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq.
Arilar talamoq.
▬
Bolalar baravariga Rahimni talay boshlashdi.
H. Nazir, Yonar daryo
4. Kishi yoki narsaga davomli (takror-takror) hujum qilmoq, shu tarzda yulib-yulqimoq.
Huv anavi yalanglikka qaranglar! Unda odamzod suyagi yotibdi. Bechorani qashqir talagan bo‘lsa kerak.
Mirmuhsin, Me’mor
5. Qattiq urishib bermoq, yulib-yulqib yopishmoq.
Kichkina bir qizchadan dakki yegan ayol Ergashoyni talab berdi.
N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
6. Tatalamoq, tirnamoq, g‘ash qilmoq.
[Alisherning] Ko‘nglini shubha, g‘azab, pushaymon hislari talar edi.
M. Osim, Zulmat ichra nur