1. Qat’iyat bilan qilingan so‘rov, iltimos.
Lekin nima qilsin, rahbarning buyrug‘i, talabi.
H. Shams, Dushman
2. Bajarilishi, bo‘lishi shart va taqozo etiladigan narsa (narsalar).
Biroq jangning eng mas’uliyatli paytida ustav talabini bajarish imkoni bo‘lmadi.
I. Rahim, Chin muhabbat
3. Ehtiyoj, istak.
Hozircha u bu hujjat bilan mamlakat talabini qondirishga — maorif frontiga boradi
P. Tursun, O‘qituvchi
4. Xaridor, iste’molchining bozor-da muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi.
Muayyan tovarga yoki tovarlar to‘plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
O‘zME
5. Talabgor, xohlovchi.
Kulich kelib yalab-yalab, Ikki yov urushga talab.
Shirin bilan Shakar
6. Otlarga birikib, o‘sha otdan anglashilgan narsani istaydigan, unga muhtoj, talabgor ma’nosini bildiradi (Bunday birikmalarning aksariyati qo‘shma so‘zga aylangan).
O‘ktamning qovjiroq lablari choytalab edi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar