1. Mag‘rurlik, manmanlik, takabburona holat.
Teshaboyning takabburligini ko‘rib, Hasan so‘fi ham indamay qo‘ya qoldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Takabbur odamlarga xos xislat, xatti-harakat, qiliq.
O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi.
R. Usmonov, Odobnoma