Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tajriba}
So‘z bo‘g‘inlari: taj-ri-ba
Izoh(lar)i:
tajriba

1. Muayyan maqsad-da amalga oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash va shu kabilarga qaratilgan ish, faoliyat. Tajriba uchun ajratilgan uch gektar yer tizma tog‘larday bir-biriga ulanib ketgan adir etagida edi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. Amaliy ishda, hayotda o‘zlashtirilgan, orttirilgan bilimlar, malakalar, uquvlar majmui. Bizning vazifamiz ilmni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan o‘tkazishdir. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Obyektiv dunyoni, voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy amaliyot qonunlarining kishi ongidagi in’ikosi. Hissiy tajriba. San’atkorning estetik tajribasi. Mushtum

4. Bir masala, yo‘nalishda dastlabki tarzdagi ish, harakat va uning mahsuli. O‘z g‘azallariga o‘zi taxmis bog‘lash tajribasini ham adabiyotimiz tarixida Navoiy boshlab berdi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: amaliyot [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.