Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tahsil}
So‘z bo‘g‘inlari: tah-sil
Izoh(lar)i:
tahsil

1. O‘qish, bilim olish. [Abdishukur] Tahsilini chala qoldirib, madrasadan chiqdi. Tahsil uchun Istambul yoki Misrga jo‘nash orzusi mablag‘ yo‘qligidan amalga oshmadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. O‘qish mavsumi, dars-mashg‘ulotlar davri. Tahsil boshlanishi bilan har bir to‘da mullavachchalar patnis yasab domlalarning oldiga olib kirar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

3. Bilim, ma’lumot. Siz ibtidoiy va o‘rta tahsilni tamom qilgansiz. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tahsin – [a] Mamnuniyat bilan berilgan yuqori baho, maqtov.
Qomus: mavjud emas.

1. tahsil olmoq: ma’lum o‘quv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida o‘qimoq, bilim, ma’lumot olmoq.

2. tahsil qilmoq: mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o‘qimoq, o‘rganmoq; bilim olmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.