So‘z tarkibi tahlili(morfemik tahlil)– so‘zlarni ma’noli qismlarga, ya’ni asos va qo‘shimchaga ajratish va izohlash. Tartibi: 1. Ma’noli qismga ajratish. 2. Asos va qo‘shimchani aniqlash. 3. Qo‘shimchaning vazifasiga ko‘ra turini aniqlash. 4. Qo‘shimchaning tuzilishiga ko‘ra, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi, o‘zbekcha yoki o‘zlashma ekanligi. 5. Qo‘shimchavariantlari. 6. O‘zakka qo‘shimchaqo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarish.
Namuna: be-g‘ayrat-lig-i-dan
g‘ayrat – asos, be-, -lig, -i, -dan morfema; be- – sifat yasovchi, -lig – ot yasovchi, -i – III shaxs, birlikdagi egalik shakli, -dan – chiqish kelishigi; be-, -lig, -i, -dan – tuzilishiga ko‘ra sodda; be- sinonimlari no-, -siz (beumid, noumid, umidsiz), antonimlari ba/bo-, -li, -dor (beodob – boadob, beaql – aqlli, beunum-unumdor); be- fors-tojikcha, -lig, -i, -dan – o‘zbekcha; -i – shakldoshi: -i1 (tinchi) fe’l yasovchi, -i2 (do‘zaxi) sifat yasovchi; -lig – fonetik variant, asli -lik, -dan – tan/nan – dialektik varianti; -lik morfemasida egalik shakli ta’sirida jarangsiz tovushning jaranglilashuvi yuz bergan.