1. Tagi, tubi yo‘q.
Tagsiz chelak.
Gazetadan
2. Ko‘chma Juda chuqur, tubsiz.
Fakultet — Munisxon bilan ikkovining orasidagi tagsiz chohga tushgan omonat ko‘prik edi.
A. Qahhor, Sarob
3. Bepoyon, benihoya.
Tagsiz osmonda sochilib yotgan sanoqsiz yulduzlar guzarning to‘rt yeriga yoqib qo‘yilgan kunjara mash’alini ermak qilayotgandek jivirlashadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
4. Asossiz, puch.
Bu gaplarimni yolg‘on demoqchimisan? — Albatta, tagsiz gaplar!
S. Ayniy, Qullar