Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taglik}
So‘z bo‘g‘inlari: tag-lik
Izoh(lar)i:
taglik

1. Biror buyumning tagini, ost qismini yasash uchun bop material.

2. Narsaning tagiga qo‘yish uchun ishlangan qurilma, moslama. Kurkalarni sug‘orish-da ruxlangan chelaklardan foydalaniladi, chelak yog‘och taglikka qo‘yiladi. O‘zbekiston parrandachiligi

3. Chaqaloqning tagiga solib qo‘yiladigan yumshoq mato. Tagiga nam o‘tganini sezib, boshqatdan yo‘rgaklamoqchi bo‘ldi. Buni sezgan Salima irg‘ib o‘rnidan turib, taglik keltirib berdi. R. Fayziy, Hazrati inson

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tagli Tagi-tubi bo‘lgan; tubli; tagdor. Tagli odam. Tagli ayol.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.