1. Bo‘lib o‘tgan ish, hodisa va shu kabilar yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv, tergov, so‘roq, reviziya.
[Navoiy:] Taftishlar shuni ko‘rsatadiki, Yodgorbek qo‘zg‘olonida bu odamning ham qo‘li bo‘lgan. Uyg‘un va I.
Sulton, Alisher Navoiy
2. Qidiruv, tintuv.
O‘g‘rilar tutil-sin, dorga osilsin! Har bir xonadon taftish qilinsin.
J. Sharipov, Xorazm
3. Biror muassasa yoki mansabdor shaxsning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining to‘g‘riligi, qonuniyligini aniqlash maqsadidagi tekshiruv.
Birinchi taftish yuzaki o‘tkazilgani haqida e’tirozlar tug‘ilgach, respublika agrosanoat komitetidan mutaxassis chaqirishdi.
Mushtum