1. Amalga oshirish, ro‘yobga chiqarish uchun yo‘l-yo‘riq va chora.
haqiqat oldida u hayron va bunga qarshi tadbir o‘ylash bilan garang edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. Maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi ish, xatti-harakatning o‘zi.
Bu shunchaki oddiy tadbir bo‘lmay, u yer yuzida tinchlikni mustahkamlash ishi bilan chambarchas bog‘lanib ketadi.
Fan va turmush
3. Ma’lum maqsadda tashkiliy ravishda amalga oshiriladigan (bajariladigan) ish, ishlar.
Toshkent shahar kinolashtirish boshqarmasi va kinofilmlar prokati Zulmatdan ziyoga nomi bilan katta madaniy tadbir o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.
Gazetadan