1. Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach.
Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o‘z oyog‘i bilan keladi.
Maqol
2. Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurtida ta’lim olmagan, o‘z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Tabib, qo‘y jigarini xom kabob qilib, bujg‘un sepib yeng, degan edi dardi shifo topmabdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha