1. Ulug‘ hurmatga sazovor, g‘oyat hurmatli, mo‘tabar va aziz.
Qishloqning tabarruk onaxonlari uyda beshikka gavrapo‘sh yopishayotgan ekan.
E. Usmonov, Yolqin
2. Yaqin, mo‘tabar kimsa yoki narsani eslatadigan, undan esdalik, yodgorlik bo‘lib qolgan.
[Navoiy:] Endi, siz bu tabarruk qilich bilan davlatimizni, saltanatimizni, mamlakatimizni va uning san’atini himoya qiling! Uyg‘un va I.
Sulton, Alisher Navoiy
3. Ilohiy kuchga ega bo‘lgan; muqaddas; aziz-avliyolarning nazari tushgan.
Makkatulloda, tabarruk yerda erimga qur’on o‘qitarman, gunohlarini xudodan yig‘lab tilarman, degan niyat qanot bo‘ldi, — dedi Hoji xola.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha