1. sft.Kishini hayratda qoldiradigan, ajablantiradigan, g‘alati.
Taajjub narsa. Taajjub ish. Bu taajjub hol odamlarda gumon tug‘dirmay qolmadi.M.
Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. ot Ajablanish, hayronlik.
Qo‘ldosh yuzida taajjub alomati paydo bo‘ldi.
H. Shams, Dushman
3. Kishining ajablanish holatini, hayronligini bildiradi; ajab, qiziq.
Taajjub, uning maktubi yuragimda na sevinch uyg‘otdi, na bir achinish!
O. Yoqubov, Tilla uzuq