Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taajjub}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-aj-jub
Izoh(lar)i:
taajjub

1. sft.Kishini hayratda qoldiradigan, ajablantiradigan, g‘alati. Taajjub narsa. Taajjub ish. Bu taajjub hol odamlarda gumon tug‘dirmay qolmadi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. ot Ajablanish, hayronlik. Qo‘ldosh yuzida taajjub alomati paydo bo‘ldi. H. Shams, Dushman

3. Kishining ajablanish holatini, hayronligini bildiradi; ajab, qiziq. Taajjub, uning maktubi yuragimda na sevinch uyg‘otdi, na bir achinish! O. Yoqubov, Tilla uzuq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hayronlik , ajablanarli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.