Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ta’til}
So‘z bo‘g‘inlari: ta’-til
Izoh(lar)i:
ta’til ot

1. esk. sk. O‘quv dargohlarida, umuman, dars-mashg‘ulot bo‘lmaydigan kunlar; dam olish kunlari. Maxdum, bu kun sizga ta’til [dedi mavlono Fasihiddin Sultonmurodga]. Oybek, Navoiy
chorshanba, payshanba va juma kunlari ta’til (dam olish kunlari) bo‘lar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

2. 2. Maktab va boshqalar o‘quv yurtlarida dars-mashg‘ulotlar to‘xtatilib, o‘quvchilarga dam beriladigan (o‘quvchilar dam olishga chiqadigan) vaqt, tanaffus. Nihoyat, maktablarda ta’til kunlari boshlandi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
Ahmad ta’til paytida Farg‘ona vodiysiga praktikaga bordi-yu, u yerdagi odamlarga qoyil qoldi. F. Musajonov, Himmat

3. 3. Dam olish, davolanish va shu kabilar uchun ishdan ozod qilib beriladigan ma’lum kunlar, ishdan ozod qilinadigan muddat. Boshqalarga dam olish kun, Ta’til oyi berilar. Shoir yangi tashbih uchun O‘lgan bo‘lsa tirilar. E. Vohidov
Mo‘minov har yili ta’til paytida dam olmas edi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab

4. shv. folk. Ovqat, yegulik; nonushta; ovqatlanish.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kanikul [r<lat]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tatil Ertalabki nonushta. Tatil qilmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.