Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ta’qib}
So‘z bo‘g‘inlari: ta’-qib
Izoh(lar)i:
ta’qib [ta’-qib ]

1. Zimdan, bildirmasdan ko‘z-quloq bo‘lib kuzatish. Yurish-turishini ta’qib. Ta’qibdan qutulmoq. Mushtum

2. Erkin harakat-faoliyat ko‘rsatishga qo‘ymaslik, shu maqsaddagi nazorat, kuzatish. Podsho Ibrohim Sultonga ahli ulamo-yu fuzalo ustidan ta’qibni haddan ziyod qilmaslik, mumkin qadar ularga tegmaslik kerakligini aytdi. Mirmuhsin, Me’mor

3. Izdan tushmoq, ketidan quvmoq, orqama-orqa bormoq, yurmoq. Uning harakati bir narsadan shubhalanib emas, ammo orqadan dushman ta’qibi bo‘lmadimi uchun edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: taqib taqib qo‘yib
Qomus: mavjud emas.

1. ta’qib qilmoq: 1.ko‘zdan o‘t-kazmoq, kuzatmoq. 2.ko‘z-quloq bo‘lib kuzatmoq, nazoratda tutmoq. 3.izidan tushmoq, ketidan harakat qilmoq, quvmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.