Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ta’mir}
So‘z bo‘g‘inlari: ta’-mir
Izoh(lar)i:
ta’mir

1. 1 Kishi kuchi va ixtiyori bilan inshoot, bino, joy va shu kabilarni qurish, yangidan yaratish. Tabiat turfa tuzmish tarh-u ta’mir Qilib bog‘-u chaman shaklida tasvir. Habibiy

2. Biron narsa, obyektni buzilgan, singan, yirtilgan joylarini tuzatish, yaxshilash va shu yo‘l bilan yaroqli holga keltirish. Hamma hasharchilar orolga o‘tib olganlaridan keyin, ta’mir ishi jadallab ketdi. M. Osim, Temur Malik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ta’mir etmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.

2. ta’mir qilmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.