1. Kerakli narsalarni muhayyo qilib yetkazib berish; yashash, ishlash uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish.
Ta’minot ham to‘la yo‘lga qo‘yilmagan: gohi yoqilg‘i yetkazib berilmaydi
O‘zbekiston qo‘riqlari
2. Yashash, ishlash uchun kerakli pul, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi narsalar majmui.
lashkar ta’minotini ziyoratchilarning nazr-niyozlariga yuklaganlar.
K. Yashin, Hamza
3. Ma’naviy ozuqa; dalda; umid.
Otasining bu so‘zlari uning [Otabekning] istiqboli uchun yaxshi ta’minotlar berar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar