1. Bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Ta’lim va tarbiya ajralmas egizaklar bo‘lib, ma’lumot ularning totli mevasidir.
R. Usmonov, Odobnoma
2. Ilm-fan yoki kasb-hunar sohalari bo‘yicha egallanadigan, olinadigan ma’lumot va ko‘nikmalar majmui; bilim.
Ilk bor alifbodan olganda ta’lim
E. Vohidov, Muhabbatnoma
3. Tarbiya, odob-axloq.
Arabboy qancha o‘qisa ham, uning qiliq va gapirishi, yurish-turishi maktabda ta’lim ko‘rgan kishini emas, balki chapani aravakashni eslatib turar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
4. Ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, o‘rgatuv.
Arzi xola Qutbi otinning haligiday ta’limidan gangib qoldi.
R. Azizxo‘jayev, To‘lg‘oq yemagan juvon