Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ta’b}
So‘z bo‘g‘inlari: ta’b
Izoh(lar)i:
ta’b

1. Kishining xarakterida, uning kishilarga, narsalarga munosabatida namoyon bo‘ladigan ichki tabiat; yoqtirish-yoqtirmaslik jihatdan ko‘ngli. Podshohning muborak ta’blari hashamatga moyil ko‘rinadi. O‘TA
Lutfdan maroqlanish, lazzat olishda individning xarakteri, ta’bi, fahm-farosati katta ahamiyatga ega. E. Vohidov, Muhabbat

2. Xohish, ixtiyor; rag‘bat. Birovlarning ta’biga qarab ish qilmoq. Nurining hech qanday so‘zga, ishga ta’bi yo‘q edi. H. Shams, Xarakteristika
Alay-balay desam, tutib olib urish ham ta’bida bor. J. Abdullaxonov, To‘fon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tap Narsalarning bir-biriga urilishidan chiqadigan ovoz; cho‘chish.
Qomus: mavjud emas.

1. ta’bi kir bo‘ldi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi

2. ta’bi namozshom: kayfiyati yomon, xafa

3. ta’bi tirriq: kayfiyati yomon, xafa

4. ta’bi xira: kayfiyati yomon, xafa

5. ta’bi xiralashdi: kayfiyati yomonlashdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.