1. 1. 1 Suzgich yoki boshqa biror narsa orqali o‘tkazib, mexanik aralashmalardan tozalamoq.
Benzinni mashina bakiga suzib solmoq.
2. 2. Suyuq narsalarning kerakli qismini ajratib olmoq.
Sirka suzmoq. Suzib sutning qaymog‘ini olmoq.
▬
U kishi [boy] sho‘rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go‘shtini yeydi, menga taqir suyak, bir kosa jirsiz suv keltiradi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Tayyor ovqat yoki ichimlikni yeyiladigan yoki ichiladigan idishlarga taqsimlab solmoq.
Palov suzilib, Nusratbek ikki laganni keltirganda, yigitlar Sohib akaning yelkasiga turtishdi.
S. Nurov, Narvon
Maxsumov hammaga sho‘rva suzdi.
M. M. Do‘st, Lolazor
Bir siqimgina osh qilib, suzib olishga hayron bo‘lib o‘tirgan edim.
S. Ahmad, Ufq
4. 4. Kartalarni o‘ynovchilarga bo‘lib bermoq.
Karta suzmoq.
5. 1. Qo‘l-oyoq yoki suzgichlarini qimirlatib, suvda turmoq yoki biror yo‘nalishda harakat qilmoq.
Quloch otib suzmoq. Qurbaqacha suzmoq. Chalqanchasiga suzmoq.
▬
Terak tagidan sholipoya bo‘ylab yo‘l bor. Chirchiqqa tik chiqadi. Daryodan suzib o‘tamiz.
H. G‘ulom, Mash’al
Baliq suvda suzadi, suvda uxlaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar
6. 2. Suv transporti vositalarida yurmoq, sayr yoki safar qilmoq.
Qayiqda suzmoq. Kemada suzib, dengizdan o‘tmoq.
7. 3. Suyuqlik yoki gaz betida qalqib turmoq yoki oqmoq.
Itaruvchi kuch jism og‘irligiga teng bo‘lganda, jism suyuqlikning yuzida yoki ichida suzib yuradi.
Fizika
Bu Volga ham tun og‘ushida, xuddi suvda suzib borayotgan kemadek, asta-sekin uzoqlashdi
Yoshlik
Eskidan saqlanib qolgan yodgorlik — oqqushlar suzib yurgan ko‘llar-u daraxt tagida nay chalib o‘tirgan yigit -qizlarning suratlari.
M. M. Do‘st, Lolazor
8. ko‘chma hma Bir maromda bir tarafga qarab harakat qilmoq, kezmoq, oqmoq.
Domla ko‘zlarini ishqab, atrofga qayta tikildi-yu, qandaydir bahaybat qushlarning qumda ohista suzib yurgan soyalarini ko‘rib, beixtiyor tepaga qaradi.
M. Mansurov, Yombi
Samoda esa hech kimga keraksiz g‘arib oy mung‘ayib suzardi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
pushtirang ulkan bulut samoning qoq o‘rtasida suzib borib, ro‘paradagi qo‘shnining pastak, loyshuvoq tomiga yupqa va shaffof soya tashladi.
N. Aminov, Qahqaha