1. Surp xaltaga solib, osib qo‘yilgan qatiqning zardobi sizgach hosil bo‘lgan sut mahsuloti.
Yog‘li suzma. Suzma qurt. Suzma xalta.
▬
Murchni suzmaga qo‘shib yeyilsa, ishtahani ochadi.
K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari
Dasturxonda yana o‘sha qurt, suzma, so‘k paydo bo‘ldi, saldan keyin eshikda bir guruh qizlar ko‘rindi.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Nazar pishiq o‘rog‘ini suzma xalta osilgan tutga sanchib, xonaga yo‘naldi.
Yoshlik