Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suzgich}
So‘z bo‘g‘inlari: suz-gich
Izoh(lar)i:
suzgich ot

1. Suyuqliklarni turli xil mexanik aralashmalardan tozalovchi asbob, moslama; filtr. Sutni suzgichdan o‘tkazmoq. Yantoqdan tayyorlangan damlama suzgichdan o‘tkazib olinadi va vannada cho‘milganda ishlatiladi. Fan va turmush

2. 1. Suv yuzida va umuman suyuqlik betida suzuvchi, turli maqsadlar uchun belgilangan yengil narsa, detal; qalqovich. Qarmoq suzgichi. Karbyurator suzgichi. Suv yo‘lini ko‘rsatuvchi suzgichlar.

3. 2. Baliq va boshqalar suv hayvonlarining suvda suzish (harakat qilish) a’zosi. Baliqning quyruq suzgichi.

4. Suv betida juda tez suzib yuradigan qo‘ng‘izsimon hasharot, suv qo‘ng‘izi. Suv nihoyatda sof; oftob nurida jivir-jivir tovlanuvchi mayda shag‘al yuzida kichkina baliqlar sayr qiladi, g‘ir-g‘ir suzgichlar aylanadi. H. Ahmar, Kim haq?

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. suzgich I Ot
baliqning yonidagi qanotsimon a’zo; qarmoqning suvda cho‘kmay yurishini ta’minlovchi po‘kak

2. suzgich II Ot
suyuqlik o‘tkazib tozalanuvchi vosita

3. suzgich III Ot
usti silliq, suvda juda tez suzadigan qo‘ng‘izsimon hasharot

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.