1. 1. Oqish va o‘zi ishg‘ol qilib turgan idish hajmini olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda.
Kichkinagina, penitsillin shishasida qandaydir oppoq suyuqlik edi.
S. Ahmad, Jimjitlik
Jazirama yoz kunlari yantoq o‘zidan sarg‘ish yelimga o‘xshash suyuqlik ajratib chiqaradi.
Fan va turmush
U kunda uch mahal bemorning qon tomiriga igna sanchib, allaqanday suyuqlik yuboradi.
S. Siyoyev, Avaz
2. fiz. iz. Moddaning qattiq va gazsimon holatlari o‘rtasidagi mexanik holat.
Moddaning suyuqligi. Sutning quyuq yoki suyuqligini o‘lchamoq.
3. ko‘chma hma Suyuq kishilarga xos ish, xatti-harakat, yurish-turish, qiliq.
Kunlardan birida u, beadablik qilgani uchun, bir shaddod qizdan shapaloq yegani esida. O‘sha-o‘sha, Valivoy qizlarga suyuqlik qilmaydigan bo‘ldi.
H. Nazir, Onaizor