1. 1. Ma’lum darajadan suyuqroq bo‘lmoq.
Loyga suvni ko‘p quyavermang, suyulib ketadi.
2. fiz. iz. Siqilib yoki erib, suyuq holga kelmoq (gaz yoki qattiq jismlar haqida).
3. Siylagan, hurmat-izzat qilgan yoki erkalatgan sari haddan oshmoq, chegaradan tashqari ish qilmoq.
Rahimov Masafoyevni chap yonidagi joyga chaqirdi. Bunaqa paytlarda Masafoyev juda suyulib ketardi.
S. Ahmad, Jimjitlik
— Xumor bo‘lganda qandoq! — dedim bir oz suyulib.
Gazetadan