Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suyanchiq}
So‘z bo‘g‘inlari: su-yan-chiq
Izoh(lar)i:
suyanchiq ot

1. 1. O‘rindiqlarning suyanish yoki tirsak tirab o‘tirish uchun xizmat qiladigan qismi. Kreslo suyanchig‘i. Ilhom-jon mashina eshigini ochib, o‘rindiq suyanchig‘ini bir oz orqa surib qo‘ydi. N. Aminov, Qahqaha
devorga tirab qo‘yilgan, orqa suyanchig‘iga kaftdek oyna o‘rnatilgan eski divanda o‘qituvchi va tarbiyachilar zich o‘tirishibdi. N. Aminov, Qahqaha
Uning ko‘zi stul suyanchig‘iga ilingan kiteliga, shimiga tushdi. S. Ahmad, Ufq

2. ko‘chma ayn. yn. Suyanch. Oilaning suyanchi. Musulmonqulning birinchi suyanchig‘i o‘zining odamlari bo‘lsa, ikkinchisi —ulamolar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Avvalo, o‘z tinchingizni o‘ylang, uka. U kishi sizga suyanchiq bo‘loladimi, yo‘qmi — shuni o‘ylang. M. M. Do‘st, Lolazor
— O‘zimning uliginam (o‘g‘ilginam), suyanchiqqinam, — deb erkalardi ba’zan uni onasi Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: suyang‘ich kam qo‘ll. Hassa singari suyanish uchun qilingan cho‘p moslama.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.